AQShda talabalar qarzi umumiy hajmi 1,5 trillion dollardan oshib ketdi
AQShda talabalarning ta'lim olish uchun olgan kreditlari hajmi rekord darajadagi 1,5 trln dollardan oshib ketdi.
Qarz oluvchilar qarzlarini to‘lay olmayaptilar, qarz yuklamasini kamaytirish dasturlari esa vaziyatni yetarli hajmda yengillashtira olmayapti, deb yozmoqda Financial Times nashri.
AQShda talabalar qarzi 2010-2011 o‘quv yilidagi qiymatidan 500 mlrd dollarga oshgan, vaholanki shu yildan boshlab yangi kreditlarni berish yil sayin qisqarib bormoqda.
Ko‘p iqtisodchilar va siyosatchilar talabalar qarzining ortib borishini AQSh iqtisodiyotiga uzoq muddatli muammo bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda, chunki qarzlarning uzilmasligi yoshlar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olish yoki o‘z biznesini ochishni qiyinlashtiradi.
“Milleniallar avlodining katta qismi o‘z kapitalini yaratishni boshlagungacha kasodga uchragan va bu muammodir. Agar u hal qilinmasa, AQSh iqtisodiyotiga uzoq muddatli tahdidga aylanadi”, deb aytgan tahlilchilardan biri Vensan Beluar.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024