Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksey Navalniy 30 kunga hibsga olindi
Foto: Maxim Shemetov / Reuters
Moskvaning Tver tuman sudi siyosatchi Aleksey Navalniyni ma'muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Ommaviy tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazish qoidalarini takroran buzish” moddasiga ko‘ra 30 sutkaga hibsga oldi. Navalniy 2018 yil 28 yanvarda o‘tgan “Saylovchilar zabastovkasi” aksiyasi uchun hibsga olingan.
Navalniy 26 avgustda uyi yonida ushlangan. “Saylovchilar zabastovkasi” aksiyasi ishtirokchilari prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirishgan.
42 yoshli siyosatchi may oyida ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi umummilliy namoyishni tashkillashtirgani uchun 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum etilgandi. U 90dan ortiq shaharda “Putin bizning podshoh emas” shiori ostida namoyishlar uyushtirgan.
Mavzuga oid
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
11:29 / 26.03.2026
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
09:35 / 17.03.2026
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
10:21 / 14.03.2026