Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu sharmandalik». Moldova prezidenti namoyishlarga munosabat bildirdi
Foto: Miroslav Rotar/RIA «Novosti»
Moldova prezidenti Igor Dodon Kishinyovda ro‘y bergan norozilik namoyishlari yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday norozilik namoyishlari mamlakat uchun xavflidir.
«Buyuk Milliy majlis maydonida partiyalar nima qilgan bo‘lsa, bu demokratiya uchun sharmandalik va bu Mustaqillik bayrami arafasida sodir bo‘layotgani juda afsuslanarli. Hech kim o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida odamlardan foydalanish uchun huquqqa ega emas», - deya yozgan Dodon.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalardagi barcha nafrat va betartiblik parlamentga ham o‘tishi mumkin hamda bu «juda xavflidir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldovada namoyishchilar hukumat iste'fosini talab qilishgandi.
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026