O‘zbekiston | 13:23 / 27.08.2018
11079
2 daqiqa o‘qiladi

Deputat: Ijtimoiy tarmoqlarda  joylashtirilgan har bir ma'lumot deputatlik nazoratida

Foto: Facebook/UzA

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov barcha xususiy Telegram-kanallar asoschilari va ma'murlariga murojaat bilan chiqdi.

“Oxirgi kunlarda tekshirilmagan va o‘rganilmagan video materiallar  Telegram-kanallarda tarqalib, ularni deputatlar tomonidan tekshirilib o‘rganilganda mualliflar tomonidan yolg‘on ma'lumotlar tarqatilgani, ommani fikrini chalg‘itishga urinish va tuhmat holatlar aniqlanmoqda.

Misol uchun bolalar uyidagi holat bo‘yicha video kabi, manbasi noma'lum va yolg‘on ma'lumotlar ko‘rsatilgan materiallar.

Sizlardan kelgusida joylanayotgan materiallarni chuqurroq o‘rganib, manbalarini ma'lum qilgan holda, imkon qadar tekshirilgan materiallarni joylashingizni so‘rayman.

Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma'lumot va materiallar tarqatganlarga taalluqli qonun bo‘yicha javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda  joylashtirilgan har bir ma'lumot va materiallar Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlari deputatlarining doimiy deputatlik nazoratidadir.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari deputatlar tomonidan o‘rganiladi va tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi”, - deb yozadi deputat.

Mavzuga oid