Xalq deputatlari Uçtepa tuman kengaşi deputati, ÖzLiDeP deputatlik guruhi rahbari örinbosari Nuriddin Zaynitdinov özining Facebook‘dagi sahifasida  daraxtlarni kesib, pullayotgan mansabdorlar haqida gapirdi.

«Bu vahşiylik köp kötarildi va gapirildi. Lekin faqat va'dalar va quruq gaplar böldi... 

200 yillik çinorni kesib 46 mln söm jarima tölatiş, menimça kulgili holat. 200 yillik çinor nimalarni körmagan? 

Oxirgi 100 yilda ham bunçalik daraxtlar kesib taşlanmagan. 

1 kub.m. çinorni $800-$1000 AQŞ dollariga pullayotgan vijdonsiz, manqurt yurtdoşlarimiz va ularga panohkor bölgan mansabdorlar-u, ulardan mebel tayyorlab sotayotgan insofsiz tadbirkorlar, ularni mebelini sotib olib, haşamatli uyini bezatayotgan boylarimiz...

Qaçon insofga kelasizlar?

Butun çinorlaru-daraxtlarni bitta qöymay qirib, yöq qilib, sotib yubormaguningizgaçami?!

Bu daraxtlarni, çinorlarni siz ekmagansiz-ku, tagiga bir çelak suv quymagansiz-ku, Sizda na ma'naviy va moddiy huquq yöq daraxtlarni taqdirini hal etişga, kesişga, pullaşga...

Çinorlarni va boşqa daraxtlarni kesganlik yoki nobud qilganlik uçun 15 yilgaça qamoq jazosini, 1000 dona daraxt köçatini ekiş, 1 yilga çölga saksovul ekiş majburiy jazosini beriş kerak.

Jazoni kuçaytiriş, lozim bölsa, prokuratura tizimida maxsus inspeksiya tuzilsa, şu masala bilan şuğullansa maqsadga muvofiq böladi.

Bu masalada Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Özbekiston ekologik harakatining olib borayotgan faoliyati umuman talabga javob bermaydi. Şunça minglab daraxtlarning nobud qilinişiga şu ikki taşkilot vakillari vijdonan javob berişlari lozim», - deb yozgan deputat.