Onlayn firibgarlik turlari tobora zamonaviylaşib, murakkablaşib bormoqda. Ayniqsa, firibgarlar turli bayramlar yoki e’tiborga molik biror voqelik va yangilikdan unumli foydalanib qolişga uriniş holatlari köpaymoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, şu kunlarda zararli fayllar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilariga yangi yil bayrami bilan boğliq turli usul va körinişlarda yuborilmoqda. Oddiy surat yoki tabrik körinişidagi GIF-fayllarni oçiş orqali firibgarlar tuzoğiga ilinib qolayotganlar ham bor.
Hozirda firibgarlarning asosiy quroli inson emotsiyalari bilan manipulyatsiya qilişdir. Hamkasb, qarindoş yoki döstlardan tabrik olişni kutiş odamning huşyorligini pasaytiradi. Bundan foydalangan firibgarlar Yangi yil sovğasi yoki tabrigi körinişida turli zararli havolalarni yaratib, Telegram orqali tarqatişmoqda. Uni oçgan foydalanuvçi şu zahoti şaxsiy ma’lumotlari va bank plastik kartasidagi pulidan ayrilişi mumkin.
Endilikda gap faqat “apk.” hamda “exe” fayllari haqida emas. Tarmoq foydalanuvçilari interaktiv tabrikka öxşatilgan, fişing saytga olib boruvçi havola olişi mumkin. Yoki göyoki “yuklanmayapti” deb körsatiladigan GIF-fayl yuborilib, uni köriş uçun yangilaş, ya’ni “obnovleniya” taklif etiladi.
Ommalaşayotgan yana bir ssenariy “yetkazib beriş xizmati” bilan boğliq. Şu turdagi xizmat nomidan xat yuboriladi. Unda “yangi yil sovğasini” oliş uçun ilova qilingan fayl – “yuk xati”ni yuklab olib, oçiş talab qilinadi. Bu amallarni bajarganlar esa qopqonga tuşadi.
Bayram tabriklari almaşinuvi avjida bölgan şu kunlarda firibgarlar qurboniga aylanmaslik uçun quyidagi oddiy qoidalarga amal qiliş tavsiya etiladi:
- har doim manbaga e’tibor bering: jönatuvçini taniysizmi, undan havola yoki fayl yuborilişini kutganmidingiz? Agar yöq bölsa, ilovani oçmang;
- fayl formatiga qarang. Hatto rasm yoki video sifatida niqoblangan fayllar ham xavfli bölişi mumkin. Media uçun xavfsiz formatlar – .jpg, .png, .gif, .mp4, .webm. .exe, .scr, .bat, .msi. Içida zararli dasturlar bölişi mumkin bölgan .zip va .rar arxivlaridan ham ehtiyot böling;
- havolalar uçun “yetti marta tekşir” qoidasiga amal qiling. Agar qisqa yoki şubhali havola orqali ötiş taklif qilinsa, uni bosmang.
Bundan taşqari, oziq-ovqat mahsulotlari, yangi yil arçasi, öyinçoqlar hamda boşqa turli buyumlarni arzon narxlarda sotiş töğrisidagi e’lonlardan ehtiyot böliş zarur. Çunki onlayn xaridlar uçun oldindan pul talab qiliş orqali ham köplab fuqarolar çuv tuşirilmoqda. Şu sababli onlayn xaridlarni amalga oşirganda pulni aslo oldindan tölab bermang.













