Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij eng qimmat mehmonxonalarga ega shahar deb topildi
Foto: gatetotravel
STR Global kompaniyasi shaharlardagi mehmonxona xarajatlarini tahlil qilib chiqdi. Ma'lum bo‘ldiki, yozgi turistik mavsumda eng qimmat mehmonxonalar Parijda joylashgan.
Parij mehmonxonalarida bir sutkalik yashash o‘rtacha 263 yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinni Tel-Aviv (bir kun uchun 239 yevro) egalladi. Kuchli uchlikni 236 yevro bilan Nyu-York shahri yakunladi.
Qolgan o‘rinlar quyidagicha joylashgan:
4-o‘rin: Tsyurix – 216 yevro;
5-o‘rin: Jyeneva – 215 yevro;
6-o‘rin: Rim – 182 yevro;
7-o‘rin: London – 181 yevro;
8-o‘rin: Kopengagen – 179 yevro;
9-o‘rin: Amsterdam – 178 yevro;
10-o‘rin: Dublin – 168 yevro.
Mavzuga oid
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
13:41 / 03.09.2025
Deparde jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha sudga tortiladi
08:12 / 06.07.2025