Sport | 18:43 / 28.08.2018
25125
1 daqiqa o‘qiladi

Meyvezer Makgregor - Nurmagomedov jangi qanday yakunlanishi haqida gapirdi

Foto: Getty Images

Besh vazn toifasida boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni, o‘z sport faoliyatini yakunlagan kichik Floyd Meyvezerning fikricha, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor 6 oktabrda bahsga kirishadigan UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovdan qo‘rqmaydi.

«Konor chekinmoqchi emas - u jangga e'tibor qaratgan va unda jon-jahdi bilan kurashadi. Men oktagonda Makgregorga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hech kimni ko‘rmaganman, sababi Konor - jahannamning Yerdagi timsoli. Makgregor juda jiddiy raqib, u haqiqiy jangchi va muxlislarga yoqadigan narsani qiladi. Men Konor va Habib Nurmagomedov jangida kim g‘alaba qozonishi bo‘yicha taxmin qilishga tayyor emasman», - dedi kichik Meyvezer TMZ Sports’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jangdan oldin Makgregorga yordam taklif qilgandi.

Mavzuga oid