Boks böyiça 5 vazn toifasida sobiq jahon çempioni Floyd Meyvezer irlandiyalik Konor Makgregorga rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jangga tayyorgarlik köriş uçun özining maşğulot zalini taqdim etadi. Bu haqda u tmz.com’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Konor orqaga çekinmaydi, u mağlubiyatdan çöçiydigan qörqoq jangçi emas. Men bilamanki, UFC’da maşğulotlar uçun joy bor, lekin Makgregor Las-Vegasdagi mening boks zalimda tayyorlanişini xohlayman», - deya ma'lum qildi Meyvezer.

Bundan taşqari, u irlandiyalikning Nurmagomedov bilan jangi natijasini taxmin qila olmasligini, sababi heç qaçon rossiyalikning janglarini körmaganini qöşimça qilib ötdi. «Mening bilganim, Habib - kuçli kuraşçi. Ammo, avval aytganimdek, Makgregor ham - juda qattiq raqib», - deya xulosa qilgan boksçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov UFC’ning amerikalik jangçisini maxluq deb atagandi.