18:00 / 28.08.2018
18066

Osiyo o‘yinlari. Muhsin Hisomiddinov sakkizinchi oltinni oldi. Qozog‘iston quvib o‘tildi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi hisobiga yana bir oltin medal kelib tushdi.

Kurash bo‘yicha musobaqalarda +90 kg vazn toifasida finalga chiqqan Muhsin Hisomiddinov eronlik raqibi Jafar Pahlavoniyjagarhni mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu esa O‘zbekiston delegatsiyasining sakkizinchi oltin medali edi. Endilikda O‘zbekiston hisobida 8 oltin, 15 kumush va 13 bronza bor. Kurashdagi medallar orqali O‘zbekiston umumiy reytingda Qozog‘istonni (8-9-29) quvib o‘tdi va 10-o‘ringa qaytdi.

Mavzuga oid
Top