Poytaxtda kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uçun xalqaro musobaqa ötkazilişi haqida xabar berilgandi.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, bahslar mutlaq vazn toifasida taşkil qilindi. Jahonning 40ga yaqin mamlakatidan polvonlar iştirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar özbekistonlik kuraşçi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Şerali Jörayev örtasidagi final bellaşuvida esa Şeralining qöli baland keldi va yakunda u musobaqa ğolibiga aylandi.

Şerali oltin medal bilan birga musobaqa ğolibi uçun atalgan 50 000 AQŞ dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega çiqdi. Ikkinçi örin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQŞ dollari nasib qildi. Bronza medalini qölga kiritgan sportçilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQŞ dollari bilan ketadigan bölişdi. Şuningdek, 5-8 örinni qölga kiritgan sportçilarga 1250 AQŞ dollari miqdorida mukofot topşirildi.


Eslatib ötamiz, Şerali Jörayev va Bekmurod Oltiboyev Indoneziyada bölib ötgan Osiyo öyinlarida dzyudo böyiça iştirok etib, bronza medallarga sazovor bölişgandi.
Jörayev -100 kg vazn toifasidagi bahslarda, Oltiboyev esa +100 kg vazn toifasidagi bahslarda uçinçi bölişgandi.











