Osiyo o‘yinlari. Jasur Latipov yarim finalda
Indoneziyada Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston boks jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov chorak final bosqichida indoneziyalik Suguro Aldomsga qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi.
Hakamlar O‘zbekiston vakilining 4:1 (30:27, 30:27, 28:29, 29:28, 30:27) hisobidagi g‘alabasini e'lon qilishdi va Latipov yarim finalga yo‘l oldi.
U endi 31 avgust kuni qirg‘izistonlik Azat Usenaliyev bilan final yo‘llanmasi uchun jang qiladi. Usenaliyev chorak finalda shimoliy koreyalik O Tay Bumga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0.
Bugun shuningdek, -60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov va -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov chorak final janglarini o‘tkazishadi. Abdurasulovning raqibi qirg‘izistonlik Qodirbek Argen ulu bo‘lsa, Baturov janubiy koreyalik Lim Hyunchulga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024