Jahon | 09:23 / 29.08.2018
6827
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Turkiyaga favqulodda iqtisodiy yordam ko‘rsatish haqida o‘ylamoqda

Foto: Wall Street Journal

Germaniyada Turkiyaga favqulodda moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyati haqida o‘ylashmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.

Ta'kidlanishicha, Germaniya tomoni Turkiyadagi murakkab iqtisodiy vaziyat, jumladan milliy valyuta kursining pasayishidan xavotirda. Bu mintaqani beqarorlashtirishi va yangi muhojirlar to‘lqiniga olib kelishi mumkin.

Yevropa ittifoqi va Germaniya rasmiy shaxslari orasidagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar hozircha natijalarga olib kelmasligi mumkin, ayni paytda esa u boshlang‘ich bosqichda. Gap Turkiya tomoniga Yevropa ittifoqining barcha davlatlari tomonidan ma'qullangan keng ko‘lamli moliyaviy yordam to‘plami yoki muayyan sohalarga cheklangan kreditlar berish haqida ketmoqda.

Germaniya Federativ Respublikasidagi bir manbaning ta'kidlashicha, YeI bu vaziyatda «maxsus tanlov»ga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tan olinmagan hududda harbiy-dengiz bazasini tashkil etmoqchi ekani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid