O‘zbekiston | 17:04 / 30.08.2018
7949
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro maqom anjumani qatnashchilari Shahrisabzga "Afrosiyob"da borishadi

Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yo‘nalishida ilk bor "Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdi harakatlantirildi. Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi va 30 avgust kuni foydalanishga topshirildi. 

Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi "Afrosiyob" poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tatbiq etilishi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uchun Mustaqillikning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa bo‘ldi.

Qarshi-Kitob temir yo‘l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to‘liq nihoyasiga yetkazildi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyb 124 kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.
 
E'tiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi "Toshguzar-Kitob" liniyasi to‘liq elektrlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.
 
Ma'lumki, joriy yilning 6-10 sentabr kunlari Shahrisabzda I Xalqaro maqom san'ati anjumani bo‘lib o‘tadi. Xalqaro tadbir qatnashchilari endi bu tadbirga "Afrosiyob" poyezdida kelishlari mumkin bo‘ladi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid