Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp yil oxirigacha uch marta uchrashishi mumkin
Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning oxirigacha yana uch marta uchrashishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, gap Fransiyada Birinchi jahon urushiga bag‘ishlangan tadbirlar, Singapurdagi Sharqiy Osiyo sammiti va Argentinadagi «katta yigirmalik» yetakchilarining uchrashuvi haqida ketmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Rossiya turli maydonchalarda Rossiya-Amerika muzokaralari tashkil etilishini xohlaydi. Shuningdek, u oliy darajadagi uchrashuvlar yuz berishini istisno qilmadi.
Shu bilan birga, Peskovning bildirishicha, «hammasi amerikaliklarga ham bog‘liq».
Birinchi jahon urushi yakunlanganining yuz yilligi Fransiyada 11 noyabrda nishonlansa, Singapurdagi Sharqiy Osiyo sammiti 11-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, «katta yigirmatalik» davlat rahbarlari uchrashuvi esa noyabr oxiri - dekabr boshida Buenos-Ayresda tashkillashtiriladi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026