Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi xotirlash marosimida ishtirok etdi
31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yo‘lida fido bo‘lgan insonlarni xotirlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qur'on tilovat etilib, qatag‘on qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.
Davlat rahbari diniy ulamolar, ta'lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e'zozlash, yoshlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolardek bo‘lishga intilishni kuchaytirish zarurligini ta'kidladi. Buning uchun O‘zbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta'lim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.





Mavzuga oid
11:40 / 29.08.2025
Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlari yod etildi
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024