Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot sohasi vakillariga mukofotlar topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh fuqarolar davlat mukofotlari — faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida tibbiyot sohasining fidoyi vakillari ham bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligida ulardan bir guruhiga ushbu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Mustaqillikning 27 yilligi bayrami bilan tabriklab, orden va medallarga sazovor bo‘lganliklari munosabati bilan samimiy qutladi.
Marosimda qayd etilganidek, so‘nggi ikki yil davomida sog‘liqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar ro‘y berdi. Birinchi navbatda, prezident farmon va qarorlari asosida sog‘liqni saqlash sohasi faoliyati huquqiy jihatdan takomillashtirildi. Xalqni rozi qilish maqsadida birlamchi tibbiyot tizimi faoliyatini tubdan yaxshilash, dori-darmon ta'minoti, hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab muhim vazifalar amalga oshirilmoqda. Xorijdagi nufuzli klinikalarda ishlayotgan ko‘plab o‘zbekistonlik malakali shifokor yurtimizga qaytdi va qulay sharoitlar bilan ta'minlandi. Shuningdek, xorijdagi yirik tibbiyot maskanlarining shifokorlari O‘zbekistonga kelib, murakkab operatsiyalarni amalga oshirmoqda.
Yana bir muhim jihat, tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tortib, soha vakillari huquqini himoyalash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni yanada kuchaytirishga qaratilgan konsepsiya ustida ish olib borilmoqda. Bu ham bo‘lsa tibbiyot sohasidagi xayrli ishlarni yanada kuchaytirish imkonini berishi shubhasiz.
Mavzuga oid
12:21 / 30.12.2025
Yangi davolash usuli joriy etgan shifokorlarga bir martalik mukofot beriladi
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
15:05 / 10.11.2025
Tibbiy xizmatlar eksportini oshirgan markazlarga alohida mukofot beriladi
19:21 / 09.11.2025