Toshkent viloyatida Turistlar axborot markazi ochildi
Turizm sohasida innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish hamda sayyohlarga barcha turdagi zaruriy xizmatlar (sim-kartalar olish, taksi buyurtma qilish, xalqaro so‘zlashuv, mehmonxona hamda avia va temir yo‘lchiptalarni bron qilish, savdo, maishiy xizmat va hokoza xizmatlar) hamda turistlarga kompleks xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida Toshkent viloyati Angren shahri, Appartak MFY hududidagi “Angren-Yangiobod” yo‘nalishida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega Turistlar axborot markazi ochildi. Ochilish marosimida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti, shahar hokimligi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi. KUN.UZ muxbiri viloyat turizmni rivojlantirish departamenti vakillari bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Turistlar axborot markazi Angren shahar va uning hududidagi mavjud turistik obektlar haqidagi ma'lumotlarning elektron bazasi, turli xil qo‘llanma va bukletlar bilan ta'minlangan. Shu bilan birga, markazda yengil ovqatlanish tarmog‘i, hunarmandchilik buyumlari namoyishi va sotuvi ham yo‘lga qo‘yilgan. Axborot markazi sifatli faoliyat yuritishi uchun kerakli anjomlar va mebel jihozlari bilan ta'minlangan.
Markazda xizmat turlarini ko‘paytirish maqsadida restoran va mehmon uylarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval KUN.UZ'da Standartlashtirish xalqaro tashkiloti (ISO) tomonidan yangi ISO 14785:2014 «Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar» standarti ishlab chiqilgani haqida xabar berilgan edi.
Turizm axborot byurolari — bu mahalliy turistik mahsulotlar, diqqatga sazovor joylar, mintaqaning tarixiy maskanlari, tadbirlar, ekskursion yo‘nalishlar, transport, shoping, ko‘ngilochar tadbirlar va boshqalar haqida ma'lumot taqdim etuvchi servis xizmatlari.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024