Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eshkak eshishda yana bir medal. O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 60tadan oshdi
O‘zbekiston baydarka va kanoeda eshkak eshish jamoasi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyat bilan ishtirok etishmoqda.
Natalya Kazantseva, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina va Kseniya Kochneva to‘rtligi 500 m masofaga o‘tkazilgan bahslarda marraga uchinchi bo‘lib yetib borishdi (1:38.040) va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Marra arafasida janubiy koreyaliklar jamoasi (1:39.092) ortda qoldirildi. Birinchi o‘rinni Xitoy (1:33.896), ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston (1:35.452) egalladi.
Bu eshkak eshish bo‘yicha o‘zbekistonliklar jamoasining bugungi bahslardagi to‘rtinchi medali bo‘ldi.
Bungacha Yekaterina Shubina va Yuliya Borzova juftligi 500 metrga final bahslarida kumush, 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Artur Guliyev va Elyorjon Mamadaliyev juftligi kumush, 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova esa bronza medal olgandi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 61taga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi 15ta oltin, 21ta kumush va 25ta bronza olgan holda yettinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
23:40 / 15.05.2026
Kanoechi Artur Guliyev Jahon Kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi
18:04 / 09.05.2025
Rossiyalik eshkak eshuvchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
15:56 / 27.08.2024