Jahon | 16:10 / 02.09.2018
11767
1 daqiqa o‘qiladi

BMTning Suriya bo‘yicha maxfiy direktivasi e'lon qilindi

Foto: Reuters

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo‘yicha maxfiy direktivasiga ko‘ra, bu mamlakat tiklanishi uchun amaliy yordam faqat siyosiy hukumat almashishidan keyin ko‘rsatiladi. Bu haqda «Kommersant'» xabar bergan.

OAVda e'lon qilingan hujjatda qayd etilishicha, gumanitar yordam ko‘rsatish zarurati hamon Suriya uchun muhimligicha qolmoqda, BMT mamlakatga gumanitar yordamlar jo‘natishda davom etmoqda.

Direktiva matnida Suriyani tiklash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha talablar ham aks etgan.

Qayd etilishicha, direktiva muallifi amerikalik diplomat, 2018 yilda lavozimdan ketgan, BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Feltman bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid