Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Germaniya kompaniyalariga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqchi
Foto: TASS/DPA/Monika Skolimowska
Qatar hukumati nemis kompaniyalariga yangi yirik investitsiyalar kiritishi haqida e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Handelsblatt manbalarga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap bir necha milliard dollar haqida ketmoqda.
Ta'kidlanishicha, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Tani Germaniya kansleri Angela Merkelga Berlinda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv davomida yangi investitsiyalar haqida ma'lumot berish niyatida.
Avvalroq, Qatar Turkiya iqtisodiyotiga 15 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Qatar amiri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv davomida shu haqda ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
13:18
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
10:40
Germaniya va Italiya hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
09:12
Germaniya Shoygu bayonotiga tayanib, Rossiyadan bo‘lgan dezertirga boshpana bermadi
08:31