Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr hujjati yuqolgan bo‘lsa nima qilish kerak?
“Huquqiy axborot” kanali kadastr hujjati (yig‘majildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nima qilish kerakligi va qancha muddatda bajarilishi haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, huquq egasi (kadastr hujjati egasi) ariza bilan tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi murojaat qilishi lozim.
Arizaga muvofiq tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi.
Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan “asliga to‘g‘ri” degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki (2) ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.
Mavzuga oid
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
13:23 / 26.11.2025
Dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin hujjat bekor qilinadi
13:44 / 09.09.2025
Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatiga oid qat’iy talablar o‘rnatiladi
11:43 / 13.05.2025