08:09 / 04.09.2018
21929

UFC’ning eng kuchli jangchilaridan biri Nurmagomedovni tanqid qildi

Foto: REUTERS

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha yengil vazn toifasidagi jangchi Kevin Li Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) hozirgi chempioni Habib Nurmagomedovning uslubini tanqid qildi.

«Habib top-diviziondan bo‘lgan jangchini tor-mor keltirganini kimdir ko‘rganmi o‘zi? U Maykl Jonsonni sindirdi, ammo raqibidan qo‘lni so‘rashga majbur bo‘ldi, chunki jangni qanday tugatishni bilmay qoldi.

Oxir-oqibat, Maykl unga qo‘lini berib, taslim bo‘ldi. Nurmagomedov jangni muddatidan oldin tugatishni shunchaki bilmaydi», - deya amerikalikning so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.

29 yoshli rossiyalik MMA’dagi faoliyatida hali biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Nurmagomedov 26 jangdan faqatgina sakkiztasida nokaut bilan g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregordan hayiqayotgan murabbiyiga murojaat bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top