Jahon | 11:08 / 05.09.2018
6081
1 daqiqa o‘qiladi

KQTT: Eymsberida jabrlanganlar Skripallarga hujum qilingan modda bilan zaharlangan

Foto: AP/Peter Dejong

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligidan ma'lum qilishlaricha, Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) mustaqil surishtiruvi Londonning Eymsberidagi favqulodda holat oqibatida jabrlanganlar Solsberida Yuliya va Sergey Skripalga hujumga uchragan modda bilan zaharlangani borasidagi xulosalarini tasdiqladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Britaniya idorasidan qo‘shimcha qilishlaricha, har ikki holatda ham «Novichok» moddasi ishlatilgan.

«KQTT tomonidan tuzilgan mustaqil hisobot bugun Buyuk Britaniyaning Eymsberida 8 iyulda vafot etgan Don Sterjyessning o‘limiga sabab bo‘lgan kimyoviy moddani aniqlashdagi xulosalarini tasdiqladi. Bu «Novichok» - shu yil Solsberida Sergey hamda Yuliya Skripalga suiqasdda ishlatilgan asab-falajlovchi modda», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarning qarindoshi bayonot bergani, ular vafot etgan bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid