Manbada yozilişiça, Skripallar bir yil davomida Britaniyada maxfiy razvedka taşkiloti MI-6 nazoratida bölib turgaç, Yangi Zelendiyaga ketgan. Skripal va qizi boşqa ism-familiya, yangi pasport bilan Britaniyadan çiqarib yuborilgan. Ularga yangi hayot boşlaşi uçun yetarliça pul ham berilgan.

Ma'lum qilinişiça, Skpirallar sobiq qöşnilari Ross Kessidi va Mo ismli qöşnilari bilan hamon muloqotda bölib turişadi va ötgan yil rojdestvoda ularga manzil körsatmay sovğa yuborişgan. «Ular bizni hamon eslaşlari yoqimli, ammo ularni yana köramiz deb öylamayman», degan Kessidi.

GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal Britaniya foydasiga josuslik qilgani uçun Rossiyada qamalgan. 2010 yilda esa AQŞda qölga olingan bir neça rossiyalik josuslarga asirlarni almaştiriş doirasida almaştirilgan va Britaniyaga ketgan.

2018 yil 4 mart kuni Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripal Solsberidagi xiyobonda behuş holda topilgan. Keyinroq ma'lum bölişiça, ular insonni falajlaştiruvçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlangan. Britaniya bu işda Rossiyani ayblaydi. Ayblovga köra, jinoyatni aslida GRU razvedkaçilari bölgan, lekin Britaniya hududiga Aleksandr Petrov (aslida ofitser Aleksandr Mişkin) va Ruslan Başirov (aslida polkovnik Anatoliy Çepiga) ismi bilan kirgan odamlar sodir etgan.

Skripallarning zaharlanişi Rossiya va Britaniya munosabatlariga salbiy ta'sir körsatdi. London rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan çiqarib yubordi. Moskva ham öz navbatida şunday tarzda javob berdi. Rossiya Skripalni zaharlaşda aloqasi borligini rad etib keladi.

Skripallar Yangi Zelandiya, Kanada yoki dunyoning istalgan nuqtasida bölişi mumkin

VVS rus xizmati muxbiri Olga Ivşina bu borada şunday deydi:

«Skripallarning Yangi Zelandiyaga ketgani haqida xabarlar ança oldin ma'lum bölgandi. Ammo bu borada aniq ma'lumot oliş imkoni bölmagandi. Hozir Times maxsus xizmatdagi odamga emas, qandaydir «hukumatdagi yuqori lavozimli amaldor»ga asoslanib xabar tarqatgan. Bunga e'tibor beriş kerak. Bu ma'lumotni bergan odam maxsus xizmatlar bilan işlaş bölimida emas, siyosiy masalalar bilan şuğullanadigan bölimda işlaşi ham ma'lumotning aniqligiga ta'sir qiladi. Agar Skripallar çindan Yangi Zelandiyaga ketgan va bu operatsiya qiyinçilik bilan amalga oşirilgan bölsa, u haqda hammaga xabar berişdan maqsad nima?

Yangi Zelandiya kiçik davlat va u yerda ruslar AQŞ yoki Britaniyadagiga qaraganda ança kam. Skripal esa ingliz tilida sezilarli darajada rusça aksent bilan gaplaşadi. Yangi Zelandiya kabi tinç mamlakatda sobiq razvedkaçi qizi bilan kelgani haqidagi xabar tezda tarqalib, ingliz tilida rusça aksent bilan gapiruvçi va doim qizi bilan yuruvçi keksa odam juda tez közga taşlangan, ularni qöşnilari ham tezda payqab qolgan bölardi.