Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent, Qohira va Xurgada o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston va Misr prezidentlarining keng doiradagi muzokaralarida Toshkent, Qohira va Xurgada o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Misr turizm sohasida katta salohiyat va tajribaga ega mamlakat. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ushbu tarmoq jadal rivojlanmoqda. Muzokaralarda bu sohadagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistondagi qadimiy shaharlar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun Misrdan keladigan sayyohlarni ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi. Toshkent, Qohira va Xurgada o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishildi. Misrning Al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida faol hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.
Muzokaralarda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026