Texnologiya | 17:04 / 05.09.2018
7109
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent transport tizimida elektron to‘lov yo‘lga qo‘yiladi

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Janubiy Koreyaning "Korea Smart-cart" Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Mazkur hamkorlik natijasida poytaxt transport tizimini tubdan takomillashtirish, ayniqsa, elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.  

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xususan, muntazam foydalanish mumkin bo‘lgan yagona to‘lov kartalarini joriy etish, jamoat transportlarida zamonaviy va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, bunda xorijlik hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid