O‘zbekiston | 13:22 / 06.09.2018
10191
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus sun'iy yurak klapanlarini O‘zbekistonga yuborishga tayyorlanmoqda

«STV» telekanalidagi yangilik dasturida xabar berilishicha, Belarusda ishlab chiqarilgan sun'iy yurak klapanlari Qozog‘iston va Ukrainaga jo‘natildi. Ushbu mamlakatlarga yarim mingdan ortiq protez yuborildi.

Foto: ctv.by

Gruziya va O‘zbekistonga eksport qilish uchun implantlar partiyasi tayyorlanmoqda, deb yozadi Spot.

Foto: ctv.by

90-yillarning boshidan beri Belarusda sun'iy yurak klapanlari ishlab chiqariladi. Butun dunyoda oltita kompaniyada bunday texnologiyalar mavjud.

«Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uni sotish jarayoni har doim ancha uzoq bo‘ladi. Shu bilan birga, implantlar ichki bozorda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ular 10 mingdan ziyod belaruslikning yuragi faoliyatini ushlab turibdi. Bir yilda zavodda 1,5 mingga yaqin sun'iy yurak klapanlari ishlab chiqariladi», - deyiladi xabarda.

Uskunani ishlab chiqarish zavodi direktori Oleg Goretskiyning xabar berishicha, bozorga kirish unchalik qiyin emas, biroq kardiojarrohlarni mahsulot yaxshi ekanligiga ishontirish talab etiladi.

Mavzuga oid