Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning barcha qishloqlarida hammomlar va sartaroshxonalar quriladi
Tojikiston hukumati mamlakatning 30 yilligigacha barcha qishloq joylarida hammomlar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar qurishni tavsiya qildi.
Ta'kidlanishicha, bu Tojikiston prezidenti buyrug‘i bilan amalga oshirilmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, bu obektlar mahalliy organ va tadbirkorlar hisobiga quriladi.
“Viloyatlarda ishlayotgan maxsus komissiya tuzildi. Bu komissiyalar joyni aniqlaydi, tegishli loyihani tanlab, qurilish ortidan kuzatuv olib boradi. Barcha obektlar mustaqillikning 30 yilligi nishonlangungacha foydalanishga topshirilishi lozim.
Tojikiston hukumati huzuridagi qurilish va arxitektura qo‘mitasi saytida qurilajak obektlarning 10 ta loyihasi taqdim qilingan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatning barcha viloyatlarida zamonaviy ta'lim muassasalari, kutubxonalar, hammomlar, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, bog‘ va xiyobonlar, sanoat korxonalari, jumladan tikuv sexlari, ommaviy sayr va hordiq joylari qurishga ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024