Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Afrosiyob”da OAV xodimlari uchun tashkil etilgan mediatur Shahrisabzga yetib keldi
2018 yil 7 sentabrdan boshlab Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdining muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ushbu zamonaviy poyezdda mediatur tashkil qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, umumiy uzunligi 124 km.dan iborat bo‘lgan ushbu loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari tomonidan qisqa muddatda sifatli qilib amalga oshirildi.
Qarshidan Shahrisabzgacha bo‘lgan masofada 3 ta vokzal qurilib, bir nechta stansiya tubdan ta'mirlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda yangi ko‘priklar, bir qancha sun'iy inshootlar bunyod etildi.
Bunday bunyodkorlik ishlariga 100ga yaqin zamonaviy texnika va 300 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilindi. Loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 kilometr masofada elektrlashtirish bilan bog‘liq barcha ishlar o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirildi. Bundan tashqari, o‘tgan vaqt mobaynida hududda 1ta nimtortish stansiyasi ham qurilib, ishga tushirildi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi, eng avvalo, yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshiradi. Tabiiyki, bu ushbu hududga keladigan sayyohlar sonining ortishiga ham xizmat qiladi. Mazkur elektrlashtirish loyihasi natijasida yiliga 10 ming tonnadan ziyod dizel yonilg‘isi iqtisod qilinadi.
Mavzuga oid
19:30 / 07.11.2025
Sun’iy intellektli apparatdan premium palatalargacha: Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?
18:10 / 19.06.2025
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
09:27 / 11.03.2025