2018 yil 7 sentabrdan boşlab Toşkent-Şahrisabz-Toşkent yönalişida zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdining muntazam qatnovi yölga qöyildi. “Özbekiston temir yöllari” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun uşbu zamonaviy poyezdda mediatur taşkil qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, umumiy uzunligi 124 km.dan iborat bölgan uşbu loyiha “Özbekiston temir yöllari” AJ mutaxassislari tomonidan qisqa muddatda sifatli qilib amalga oşirildi. 

Qarşidan Şahrisabzgaça bölgan masofada 3 ta vokzal qurilib, bir neçta stansiya tubdan ta'mirlandi. Şuningdek, uşbu yönalişda yangi köpriklar, bir qança sun'iy inşootlar bunyod etildi. 

Bunday bunyodkorlik işlariga 100ga yaqin zamonaviy texnika va 300 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilindi. Loyiha doirasida rejalaştirilgan 94 kilometr masofada elektrlaştiriş bilan boğliq barça işlar öz vaqtida töliq amalga oşirildi. Bundan taşqari, ötgan vaqt mobaynida hududda 1ta nimtortiş stansiyasi ham qurilib, işga tuşirildi. 

Uşbu loyihaning amalga oşirilişi, eng avvalo,  yölovçilarga transport xizmati körsatiş sifatini oşiradi. Tabiiyki, bu uşbu hududga keladigan sayyohlar sonining ortişiga ham xizmat qiladi. Mazkur elektrlaştiriş loyihasi natijasida yiliga 10 ming tonnadan ziyod dizel yonilğisi iqtisod qilinadi.