O‘zbekiston | 11:38 / 07.09.2018
8229
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda

Foto: customs.uz

Bu prezidentning «Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida taklif etilgan, deb yozmoqda Norma

Bojxona xizmati xodimlarini quyidagicha moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda:
 
birinchidan, tasdiqlangan razryadlar bo‘yicha ularning (sh.j. mutaxassislar, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning) lavozim maoshlarini belgilashda tegishli tarif setkasining 1,5 tarif koeffitsiyentini qo‘llash;

ikkinchidan, DBQ markaziy apparati, DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazining maxsus unvonlarga ega bo‘lgan xodimlari lavozim maoshlariga 70% miqdorida oylik ustama belgilash.
 
Bunda mazkur ustama qonunchilikda belgilangan rag‘batlantirish tusidagi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarni hisoblab chiqarishda ularning lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi.
 
Bundan tashqari, DBQ raisi taqdim etadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona xodimlariga quyidagi shartlarda avtomobillarni xarid qilishga kreditlar berish taklif etilmoqda:

• kredit berish muddati – 5 yil;
• dastlabki badal summasi – avtomobil qiymatining 25%i;
• foiz stavkasi miqdori – kredit berish sanasida amal qilgan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi;
• kredit bo‘yicha ta'minot – avtomobil garovga chiqarilguncha va rasmiylashtirilguncha kreditni qaytarish majburiyatlari qisqa muddatli sug‘urtalanishini hisobga olgan holda «kreditdagi» avtomobil garovi;
• kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, asosiy qarz va hisoblangan foizlarni so‘ndirish foizlar va asosiy qarzni so‘ndirish bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davrni inobatga olgan holda bank usulida hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid