12:36 / 07.09.2018
19059

Talaba tirnoqlarni tishlash odati tufayli barmog‘idan ayrildi

Foto: Kortni Uitorn

Talaba qiz Kortni Uitorn (Courtney Whithorn) tirnoqlarini tishlash odati tufayli barmog‘ini yo‘qotdi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

20 yoshli qizning tan olishicha, tashvishga tushgan paytlarda tirnoqlarini ko‘p tishlagan, bunga maktabda tez-tez hujumga uchragani sabab bo‘lgan. Uning barmog‘i qorayib ketgach, qiz dahshatga tushdi, lekin buni oila va do‘stlaridan yashirishga qaror qildi. Bu to‘rt yil davom etdi.

U shifokorga borishga qaror qilganida esa, unda akral-lentiginoz melanoma borligi aniqlandi. U estetik sabablarga ko‘ra shifoxonaga bordi, chunki qora barmoq bilan yashashni istamadi. Jarroh qora qatlamni olib tashladi va har ehtimolga qarshi sog‘lom hujayra namunasini biopsiyaga yubordi. Natijada, qiz o‘z tashxisi haqida bilgan.

Uitorn institutning psixologiya fakultetida ikkinchi bosqichda o‘qiyotgan bo‘lgan, lekin yozolmagani tufayli bir yilga tanaffus olishga qaror qildi. U hozirga qadar to‘rtta jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top