Avstraliyalik ösmirning qölidagi, jarohat tufayli yöqotilgan katta barmoğining örniga oyoğidagi katta barmoq köçirib ötkazildi. Noodatiy jarrohlik amaliyoti haqida «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
2017 yilning aprelida avstraliyalik yigirma yoşli Zak Mitçell fermada işlay turib, qölidagi katta barmoğidan ajralgan – buqa uning kaftini panjaraga şu darajada kuç bilan urgandi, barmoq uzilib ketgan. Boşqa işçilar barmoqni tezlik bilan muzga solişgan, biroq, jarrohlar ikkita amaliyot davomida ham uning funksiyalarini tiklay olişmadi. Şunda ular oyoqdagi katta barmoqni köçirib ötkaziş haqidagi qarorga kelişdi. Amaliyot sakkiz soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakun topdi.
Jarrohlarning ta'kidlaşiça, kişilar kamdan-kam holatda bunday amaliyotlarga rozi bölişadi – birinçidan, özlariga ortiqça tiğ tekkazişni istaşmaydi, ikkinçidan esa, oyoqdagi katta barmoqsiz yuriş muşkul, deb hisoblaşadi. «Köpçilikning fikriça, bu harakatlanişga kuçli ta'sir körsatadi, biroq aslida bunday emas», - deya amaliyotga izoh bergan şifokorlardan biri.

Jarrohlik amaliyotidan söng töla tiklanişga taxminan bir yil talab etiladi, Mitçell şundan söng yana fermaga qaytişni möljallamoqda.

















