Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh uch mamlakatdan elchilarini chaqirtirib oldi
Foto: Shutterstock
Amerika Qo‘shma Shtatlari Dominikan Respublikasi, Salvador va Panamadan o‘z elchilarini chaqirtirib oldi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert xabar bergan.
Qayd etilishicha, bunday qadam ushbu mamlakatlarning bundan buyon Tayvanni tan olmaslik bo‘yicha yaqinda qabul qilgan qarorlari bilan bog‘liq.
«Diplomatik missiyalar rahbarlari Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati yetakchilari bilan uchrashib, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Amerika va Karib havzasidagi kuchli, mustaqil, demokratik institutlar hamda iqtisodiyotlarni qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkin ekaniga doir usullarini muhokama qiladi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyoda ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar soni yana bittaga ko‘payishi xabar berilgandi.
Tayvan 2019 yilda ingliz tilini rasmiy tilga aylantiradi. Yangilik tayvanliklar orasida ingliz tilida so‘zlashish darajasini oshirishi va ularga chet elda ishlash imkoniyatini kengaytirishi kerak. Dastur butun mamlakat bo‘ylab ikki tilli maktablar tashkil etishni nazarda tutadi, bunda ingliz tili birinchi sinfdan o‘qitiladi.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026