Amerika Qöşma Ştatlari Dominikan Respublikasi, Salvador va Panamadan öz elçilarini çaqirtirib oldi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert xabar bergan.

Qayd etilişiça, bunday qadam uşbu mamlakatlarning bundan buyon Tayvanni tan olmaslik böyiça yaqinda qabul qilgan qarorlari bilan boğliq.

«Diplomatik missiyalar rahbarlari Amerika Qöşma Ştatlari hukumati yetakçilari bilan uçraşib, Qöşma Ştatlar Markaziy Amerika va Karib havzasidagi kuçli, mustaqil, demokratik institutlar hamda iqtisodiyotlarni qanday qöllab-quvvatlaşi mumkin ekaniga doir usullarini muhokama qiladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyoda ingliz tilida sözlaşuvçi mamlakatlar soni yana bittaga köpayişi xabar berilgandi.

Tayvan 2019 yilda ingliz tilini rasmiy tilga aylantiradi. Yangilik tayvanliklar orasida ingliz tilida sözlaşiş darajasini oşirişi va ularga çet elda işlaş imkoniyatini kengaytirişi kerak. Dastur butun mamlakat böylab ikki tilli maktablar taşkil etişni nazarda tutadi, bunda ingliz tili birinçi sinfdan öqitiladi.