Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yevropa Rossiyani «tiyib turish» rejalarini muhokama qildi
Foto: AFP
AQSh Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning 11ta davlati harbiylari «Rossiyani tiyib turish» bo‘yicha rejalarni muhokama qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Mavzular davlatlar yolg‘on axborot tarqatish muammolari va ruslarning salbiy ta'sirini bartaraf etish uchun qanday qilib yaqindan hamkorlik qilishi mumkinligi haqida edi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, konferensiya Norvegiya poytaxti Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan.
Shu bilan birga, konferensiyada AQSh, Germaniya, Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya vakillari ishtirok etdilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi.
Mavzuga oid
14:08
Germaniya josuslik ishi bo‘yicha Rossiya harbiy attashesi o‘rinbosarini chiqarib yubormoqda
13:28
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
12:04
Rossiya foydasiga josuslik: Venada maxsus xizmat sobiq xodimi ustidan sud boshlandi
11:09