Jamiyat | 18:48 / 08.09.2018
4729
3 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida yong‘inlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaydi

2018 yilning 8 oyi davomida Andijon viloyat IIB Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan haftaning har chorshanba kunlari o‘tkazib kelinayotgan “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbiri davomida iqtisodiyot va ijtimoiy soha maskanlari, tadbirkorlik sub'yektlari va aholi yashash uylarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash, yong‘inlarda insonlarni nobud bo‘lish holatlarini oldini olish borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyati IIB YoXB xabar bermoqda.  

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

O‘tkazilayotgan tadbirlarda joylardagi hokimiyat vakillari, ichki ishlar organlari,  favqulodda vaziyatlar, gaz va elektr tarmoqlari, ta'lim va davolash muassasalari xodimlari hamda fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda 1424 ta davlat tasarrufidagi obektlar, 105533 ta aholi yashash uylari va 1032 ta ko‘p qavatli uylarning yong‘in xavfsizligi holati tekshirib chiqildi.

Shaxsiy tarkib tomonidan 10 marotaba yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqlari, 359 marotaba mashg‘ulotlar o‘tkazilib, fuqarolarga yong‘in o‘chirish texnika va anjomlarining ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

Olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida 2018 yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar 514 tani tashkil etib, o‘tgan 2017 yilning shu davriga nisbatan 7,7 foizga, ya'ni 43 taga (514-557) kamaygan. 

Yong‘inlarni kelib chiqishining asosiy sabablari elektr asbob va jihozlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik 205 ta, nosoz isitish pechlaridan foydalanish 70ta ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish 181 ta, yosh bolalarni olov bilan o‘ynashlari 20 ta, transport vositalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik 17 tani tashkil etdi.

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

Insonlarni yong‘inlarda tan jarohati olishi 12 nafarni tashkil etgan, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davrida 19 nafarni tashkil etib, 7 taga yoki 36,8 foizga kamaygan.

Andijon shahrining Bo‘ston dahasidagi akademik litseyi binosida, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi akademik litseyi binosida yong‘in xavfsizligi o‘quv xonasi tashkil etildi.

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

Ushbu o‘quv xonasida yong‘in xavfsizligi xizmatining tarixi, yong‘in o‘chirish texnika va anjomlari to‘g‘risida stendlar, maketlar, yong‘in o‘chiruvchining jangovar kiyimlari bilan jihozlandi.

Mavzuga oid