Jahon | 12:19 / 08.09.2018
14524
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: AQSh har kuni Erondan muzokaralar boshlashni so‘rayapti

Foto: Aleksey Nikolskiy/RIA «Novosti»

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar muntazam ravishda Eronga muzokaralarni boshlash haqida iltimos bo‘lgan xabarlar yubormoqda. Eron rahbarining so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.

Uning ta'kidlashicha, AQSh vakillari bunday xabarlarni «har kuni» yuborishmoqda.

«Bir tomondan, ular [AQSh] Eron xalqiga bosim o‘tkazishga urinmoqdalar, boshqa tomondan esa - har kuni bizga muzokaralarni boshlash taklifi bo‘lgan xabarlarni turli yo‘llar bilan yuborishmoqda», - dedi Ruhoniy.

Avvalroq, Rossiya va Turkiya yetakchilari bilan sammit chog‘ida Ruhoniy AQSh hamda Isroilni Suriyani tark etishga chaqirgandi. Prezidentning fikricha, Qo‘shma Shtatlarning Suriya mojarosiga «noqonuniy aralashuvi» mintaqadagi xavfli vaziyatning uzayishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Putinning Eronga tashrifi vaqtidagi g‘alati hodisa haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. 

Mavzuga oid