O‘zbekiston | 09:40 / 08.09.2018
14148
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkor Senat a'zosi etib saylandi

Foto: Xalq so‘zi

Gulistonda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, shahar va tuman Kengashlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Unda mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek klaster” korxonasi rahbari, 4-Namuna saylov okrugidan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Ulug‘bek Norxojayevich Sotiboldiyev 98,4 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylandi.

U. Sotiboldiyev 1976 yilda tug‘ilgan. Guliston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida iqtisodchi-menejyer ixtisosligi bo‘yicha ta'lim olgan. Faoliyatini oddiy xodimlikdan boshlab keyinchalik tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda u bir necha tadbirkorlik sub'yektlari hamda “Bek klaster” qo‘shma korxonasini boshqarib kelmoqda. U rahbarlik qilayotgan tizimda 4000ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

U. Sotiboldiyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida prezident farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid