Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikistonning uchta shahri o‘rtasida xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochildi
Foto: Xalq so‘zi
9 sentabr kuni Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan ikki davlat xalqlariga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 8 centyabrdan boshlab “Termiz-Dushanbe”, “Denov-Dushanbe”, “Samarqand-Panjikent” yo‘nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ga xabar berdi.
“Termiz-Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 251 km bo‘lib qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 5 soat-u 39 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha - 70 ming so‘m. Dushanbedan-Termizgacha esa 70 somoniy qilib belgilandi.
Yo‘nalish masofasi 107 km. bo‘lgan “Denov-Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar 2 soat 25 daqiqada o‘z manziliga yetkaziladi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming so‘m. Dushanbedan Denovgacha esa 40 somoniy etib belgilandi.
“Samarqand-Panjikent” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 64 km. Qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat-u 25 daqiqa bo‘lib, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Panjikentgacha 20 ming so‘m. Panjikentdan Samarqandgacha esa 20 somoniy qilib belgilandi.
Mavzuga oid
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
20:30 / 04.02.2026