Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekistonda ko‘pkari bo‘yicha ilk jahon chempionati o‘tkaziladi
2019 yili O‘zbekiston tarixida ilk marta ko‘pkari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston ko‘pkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov ma'lumot bergan.
Ma'lum qilinishicha, 8 sentabr kuni Issiqko‘lda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston ko‘pkari federatsiyasi vakillari bilan shu masalada muzokaralar o‘tkazilgan.
«Hozircha jahon chempionati qachon va O‘zbekistonning aynan qaysi hududida o‘tkazilishi aniq emas, ammo qaror qabul qilib bo‘lingan. Turnir toyqozon qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi», deya qayd etgan Samatov.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston ko‘pkari jamoasi Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida ishtirok etdi va Boshqirdiston, Fransiya va Qozog‘iston termalarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Ammo finalda mezbon Qirg‘iziston jamoasiga mag‘lub bo‘lindi.
Mavzuga oid
21:39 / 12.09.2024
Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlaridagi ko‘pkari finali mojaro bilan yakunlandi
20:41 / 12.08.2023
O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi
16:06 / 06.05.2022
Nega ko‘pkari mumkin-u, xo‘roz urishtirish mumkin emas? - mutaxassislar izohi
10:01 / 20.03.2019