Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela rahbarini ag‘darib tashlash rejalarini o‘rganib chiqqan
Foto: Getty Images
AQSh ma'muriyati xodimlari Venesuela hukumatini to‘ntarib tashlashni rejalashtirgan mahalliy harbiy xizmatchilar bilan aloqada bo‘lgan. Bu haqda The Independent xabar qilmoqda.
Amerikalik amaldorlar, 2017 yilning kuzidan boshlab bir necha marta isyon ko‘tarmoqchi bo‘lganlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishgan. Ta'kidlanishicha, Venesueladagi juda tezlik bilan yomonlashib borayotgan iqtisodiy ahvol fonida kamida uchta guruh mamlakatdagi hokimiyatni kuch bilan ag‘darib tashlashni rejalashtirgan. O‘shanda AQSh prezidenti Donald Tramp maslahatchilar bilan vaziyatga aralashish ehtimoli haqida gaplashgan.
Natijada, isyonkor guruhlardan biri Yevropa davlatlaridan biri orqali Amerika elchixonasi yordamida Oq uy bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilganda, ularga diplomat jo‘natilgan. U uchta uchrashuvda qatnashgan, lekin muzokara olib bormagan, faqat tinglagan. Oxir-oqibat, Vashington hukumatni ag‘darib tashlamoqchi bo‘lganlarga yordam bermaslikka, aralashmaslikka va ularga moddiy yordam taqdim etmaslikka qaror qildi. Natijada, venesuelaliklar uch marta to‘ntarishni amalga oshirishga urindilar, ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya, Kolumbiya va Peru Venesuela inqiroziga aralashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
23:29 / 22.01.2026
Trampning kuyovi Kushner kurort va osmono‘par binolariga ega «Yangi G‘azo» rejasini namoyish etdi
21:23 / 22.01.2026
"Oskar" kinomukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
20:32 / 22.01.2026