O‘zbekiston | 10:35 / 10.09.2018
13499
1 daqiqa o‘qiladi

Ijaraga berilgan darsliklar yo‘qolsa, qancha jarima to‘lanadi?

Foto: marifat.uz

Maktablarda ijaraga berilgan darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar ijaraga oluvchilar tomonidan yo‘qotilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirib qo‘yilgan taqdirda, zararning o‘rni ular tomonidan xuddi shunday darsliklar bilan qoplanadi yoki ularning qiymati quyidagi miqdorlarda to‘lanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Unga ko‘ra: 

birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;

2 — 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

yuqori sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq darsliklarni joylarga yetkazish bilan bog‘liq qator muammolar aniqlangandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid