Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘oniston shimolidagi tumanni egallab oldi
Foto: AP
«Tolibon» radikal harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyatida joylashgan tumanlardan birini egallab oldi. Bu haqda Tolo News telekanali mansabdor shaxslarga asosan xabar bermoqda.
«Mahalliy amaldorlar Juzjon viloyatidagi Hamab tumani kuchli to‘qnashuvlardan keyin «Tolibon» nazorati ostiga o‘tganini tasdiqlashdi», - deya xabardan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududlarni egallab olgan hamda yirik shaharlarga hujum boshlagan «Tolibon» radikal harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
O‘tgan oy radikal harakat yetakchisi Haybatulla Oxunzoda Afg‘oniston hukumatining uch oyga vaqtinchalik sulh tuzish haqidagi taklifini rad etdi. 19 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblar bilan sulh e'lon qildi. U Qurbon hayiti munosabati bilan ro‘y berdi.
#Taliban control over another district in #Jowzjan province, Khamab district fallen to Taliban last night.
— زلمی افغان (@Zulmai_Afghan) September 10, 2018
Yesterday #Daimirdad district in Maidan Wardak province fallen to Taliban.
In another advancement Taliban control areas near #Saripul city and kill donzen soldiers. #AFG pic.twitter.com/bUafMUL42i
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon rahbari kutilmaganda Afg‘onistonga kelgandi.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025