Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada uchar elektrotaksi prototipi namoyish qilindi (video)
Britaniyada ilk bor vertikal holda uchib-qo‘nuvchi uchar elektrotaksi prototipi namoyish qilindi. The Times nashrining ma'lum qilishicha, bu taksi mamlakatdagi ilk shunday ishlanmadir. Uchar elektrotaksi loyihasi ustida Vertical Aerospace kompaniyasi ish olib bormoqda. Bunday turdagi mashinalar eVTOL (electric vertical take-off and landing) deb ataladi.
Nashrning ma'lum qilishicha, kompaniya uchar taksini ishlab chiqarishga qo‘yib, yaqin 4 yil ichida sotishni boshlamoqchi. Bundan avval esa parvozlar xavfsizligi uchun javob beruvchi idoralar ruxsatini olish lozim.

Taksi 4 nafargacha yo‘lovchini tashiy oladi va deyarli 300 km/soat tezlik bilan ucha oladi. 4 ta vertikal parrak bilan jihozlangan taksi bir quvvatlanishda 150 kmgacha masofani uchib o‘ta olishi ko‘zda tutilgan. Ammo uning keyinroq ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kuchliroq versiyasi 800 kmgacha ucha oladi.
Taksi sinovi videosida bir necha kishi uni angardan olib chiqqach, qurilma havoga ko‘tarilib, bir necha metr uchib o‘tganini ko‘rish mumkin. Namoyish qilingan prototip masofadan boshqarilgan, taksining yakuniy versiyasi esa boshqariluvchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Vertical Aerospace kompaniyasi britaniyalik taddbirkor Stiven Fitspatrik tomonidan 2016 yilda tashkil etilgan. Fitspatrik uchar taksi shaharlar orasidagi parvozlar uchun juda qulay bo‘lishiga ishonch bildirmoqda. “Yo‘lovchilar uylari yoki ishlariga yaqin joydan parvoz qilib, belgilangan joyga qo‘na oladilar”, deb aytgan Fitspatrik.
Bunday ishlanmalarni yaratish bilan turli kompaniyalar shug‘ullanib keladi. Misol uchun, Uber taksi xizmati NASA bilan boshqariluvchi uchar taksi yaratish bo‘yicha bitim tuzgan. Kompaniya 2020 yilgacha uchar elektrotaksilarni sinovdan o‘tkazishni, 2023 yildan esa ularni ekspluatatsiya qilishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Rolls Royce ham shunday qurilma ustida ish olib bormoqda. Kompaniya o‘z qurilmasini joriy yilning iyul oyida Farnboro aviasalonida taqdim qilgandi. Ushbu qurilma 6 ta elektr dvigatel bilan jihozlanadi, 5 yo‘lovchini tashiy oladi va 400 km/soatgacha tezlik bilan ucha oladi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026