Sport | 23:00 / 11.09.2018
9498
2 daqiqa o‘qiladi

Karlush Keyrush: Ektor Kuperga vaqt berish kerak

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Toshkentda O‘zbekistonga qarshi kechgan va eronliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

«Bugun juda ham chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Har ikki jamoani bunday o‘yin bilan tabriklayman. Bugungi o‘yindagi natija muhim emas edi. Shunga qaramay, o‘yin juda ham qiziqarli bo‘ldi. Bu o‘yin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Osiyo kubogida natija ko‘rsatish juda qiyin. Osiyodagi ko‘plab jamoalar chempion bo‘lishni xohlashadi. Bu juda qiyin jarayon. Kelajagim xaqida gapirsam, men hali ham shartnoma imzolaganim yo‘q. Kutish jarayonidaman.

Ektor Kuper jamoani qabul qilib olganiga bir oy bo‘ldi. Unga vaqt berish kerak. O‘zbekistonliklar murabbiyga ishonishi kerak. Jamoa asta-sekin o‘sishni boshlaydi.

Jahon chempionatidan oldin taktikamiz boshqacha edi. So‘ngra biz taktikani o‘zgartirdik. Chunki Osiyo kubogi va jahon chempionati turli xildagi musobaqa hisoblanadi. Biz bu o‘yinda yoshlarga imkoniyat berdik» - degan Keyrush.

Mavzuga oid