Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Osiyo Kubogidagi ishtirokini to‘lig‘icha Qatar moliyalashtirgan – Keyrush
Foto: AFP
Hafta boshida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Karlush Keyrushning ma'lum qilishicha, forslar jamoasi Qatar futbol assotsiatsiyasining moliyaviy yordamisiz Osiyo Kubogida ishtirok etmasligi mumkin edi.
Portugaliyalik mutaxassis iste'fodan keyin mahalliy televideniyega intervyu bergan va unda Eron hukumati yillar davomida terma jamoaga yetarlicha e'tibor qaratmaganini ma'lum qilgan.
«Agar Qatar futbol assotsiatsiyasi bo‘lmaganida, hech narsa qilolmagan bo‘lardik! Hatto mana shu tayyorgarlik bazasi ham bo‘lmasdi. Yig‘inlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazmasdik. Hamma narsa uchun ular to‘lab berishdi.
Oxirgi o‘yinimizni olsak, ular stadion, maydon va ikkala terma jamoa uchun pul to‘lashdi. Hammasini Qatar to‘ladi. Chunki Eronda hech narsa yo‘q – nol!» – ta'kidlagan Keyrush.
«Ko‘p yomon hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Bu jamoa, futbolchilar va xodimlarni saqlab qolish uchun ishlashim kerak edi. Amalda bu oson narsa emas. O‘zimizni hech qanday muammo yo‘qdek ko‘rsata olmaymiz», – degan u.
🤦♂️ Shameful! It seems the 🇶🇦@QFA cares more about 🇮🇷#TeamMelli than the Government and Spors Ministry.
— PersianFootball.com (@PersianFutbol) February 1, 2019
"If it was not for the QFA, we would have nothing! This camp would not be possible. The preparation & the friendlies not possible. They paid for everything! Iran has nothing." pic.twitter.com/bz7a0huRnh
Eslatib o‘tamiz, Eron kecha BAAda yakunlangan Osiyo Kubogining yarim finalida Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan holda (0:3) turnirni tark etdi. Jamoa 43 yildan buyon Osiyo chempionligini qo‘lga kirita olmayapti.
65 yoshli Karlush Keyrush 2011 yilning aprel oyida Eron terma jamoasi boshqaruviga kelgandi. Uning qo‘l ostida forslar 2 marta JChga chiqishdi. 2018 yilgi mundialdan so‘ng murabbiyning shartnomasi yakuniga yetgan, shunga qaramay u biroz noaniqlikdan so‘ng qit'a birinchiliga yakuniga qadar yana lavozimga qaytishga rozi bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi
21:10 / 13.08.2021
Karlush Keyrush O‘zbekiston MJga bosh murabbiy bo‘lish taklifini rad etgani ma'lum bo‘ldi
16:43 / 02.12.2020
Karlush Keyrush iste'foga chiqarildi
12:36 / 19.08.2020