Toshkentdagi Yakkachinor ko‘chasi nomi Yakub Kolas nomiga o‘zgartirildi
Toshkent shahar hokimligida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2018 yil 13 avgustdagi KQ-394–III-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan "Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Yakkachinor ko‘chasiga yangi nom berish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Endilikda ushbu ko‘cha buyuk belorus shoiri Yakub Kolas nomi bilan ataladigan bo‘ldi.
Yakub Kolas (1882-1956) yangi belorus adabiyotining asoschilaridan biri, jamoat arbobi. 1926 yilda Belorussiya SSR xalq shoiri, 1928 yilda Belorussiya SSR fanlar akademiyasining akademigi, 1944 yilda Belorussiya SSR faxriy olimi unvonlari bilan taqdirlangan.
Sessiya ishida Hindiston-O‘zbekiston davlatlarining o‘zaro hamdo‘stligini mustahkamlash, Toshkent shahri aholisi va ma'muriyati oldidagi siyosat, fan, madaniyat, sport, yoshlarni tarbiyalash va rivojlantirish, Toshkent va Dehli shaharlari do‘stligini rivojlantirish borasida yuksak xizmatlarini inobatga olib, Hindiston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Anil Kumar Shastriga “Toshkent shahar Faxriy fuqarosi” unvonini berish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Shu bilan birga, ayrim deputatlarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan bo‘shab qolgan saylov okruglar uchun deputatlar saylovi 2018 yil 14 oktabr, yakshanba kuni qilib belgilandi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024