11:00 / 12.09.2018
25851

Bosh prokuratura: qishloq xo‘jaligi sohasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a'zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini byudjyetdan ajratib, ushbu mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, byudjyet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top